Zuho namozi

Assalomu alaykum! Zuho namozi qanday namoz? U qanday va qaysi payt o‘qiladi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ZUHO (ChOShGOH) NAMOZI
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim choshgoh namozini bardavom o‘qisa, uning gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi», dedilar»
Imom Termiziy rivoyat qilgan.
Bu namozning vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilganda kirib (ya’ni quyosh chiqqandan taqriban yarim soat keyin), zavolga bir soat qolguncha davom etadi. Bu «dahvatul kubro», ya’ni katta tong, deyiladi. Zuho namozi ikki rakatdan sakkiz rakatgacha o‘qiladi, eng afzali to‘rt rakatdan o‘qishdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘proq to‘rt rakatdan o‘qiganlar. Uning eng afzal vaqti nahorning to‘rtdan biri o‘tgandan keyindir. (“Mo‘minning me’roji” kitobidan). Vallohu a’lam.

28 Aprel 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 252 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar