Bemor odam o‘qiydigan duo
Assalomu alaykum! Kasal yoki bemor odam ko‘proq qaysi duolarni o‘qib yurgani yaxshi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَوِّذُ بَعْضَ أَهْلِهِ يَمْسَحُ بِيَدِهِ الْيُمْنَى وَيَقُولُ: اللَّهُمَّ رَبَّ النَّاسِ اذْهِبِ الْبأْسَ واشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z ahllaridan ba’zilarga panoh tilaganlarida o‘ng qo‘llari ila silab:
«Allohumma! Robban-naasi! Izhibil ba’sa. Ishfi. Antash-shaafii. Laa shifa’a illaa shifaauka. Shifaan laa yug‘odiru saqman», der edilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Har bir dam soluvchining bemorni o‘ng qo‘li bilan silab turib dam solishi shundan olingan. To‘g‘rirog‘i, duoni o‘qib, o‘ng kaftga dam solib, so‘ng o‘sha o‘ng kaft bilan bemorni silash kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha:
«Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkaz! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. Shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!» (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 175 | Tabobat