Mazlum hisoblanadimi
Assalomu alaykum! Yaqinda turmushga chiqdim, 1oy bo‘ldi. To‘ydan oldin turmush o‘rtog‘im namoz o‘qishimni bilar va hech qanday qarshilik bildirmas edi. Hamma sharoitni yaratib beraman, bemalol o‘qiysan deb va’da ham bergandilar, qaynonam ham. Endi esa to‘ydan keyin ko‘p shamollab qolganim tufayli namoz o‘qitishmayapti, g‘usl qilishimga qarshilar, jinsiy yaqinlikdan keyin g‘usl olmasa namoz otmaydi, yuviqsiz yurish bo‘lmaydi desam aqllilik qilma, tahorat osen bo‘laveradi deb urushib beryaptilar. Vannaxonamiz sovuq kun sovugan sari yuvinishga sharoit qiyinlashib shamollab qolyapman. Benamoz yurishdan qalbim azoblanyapti lekin gapirsam tushunishmayapti. Allah mehribon kechiradi deb hatto eshitishniyam xohlashmayapti, ilojsiz qoldim gapirsam urishgacha boradila xojeyinim. Iltimos maslahat bering, nima qilay, shu holda mazlum hisoblanamanmi, axir namozga bu uzr hisoblanmaydiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz har kuni yotishdan oldin shamollamaydigan g‘uslni sharoitini qilib qo‘ying. Namozlarga mahkam bo‘ling. Alloh ularga ham insof bersin. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar