Ipakli matolan maska taqish
Assalomu alaykum! Toza shoyi - ipakdan niqob taqish borada bir savolim bor. Xozirgi pandemiya davrida, inson yuziga niqob taqib jamoa joylariga borish kerak bulyapti. Apteka maskalari kup xolda xavoni yaxshi utkazmay qoladi va nafasim siqilib kislorod etishmay qolvotdi. Bugun axlim bir dukondan matodan maska sotib olib manga berdi. Qarasam toza shoyi-ipakdan tikilgan niqop ekan. Quloqga ilinadigan joylari oddiy mato-rezinadan. Ishlab chiqaruvchiga telefon qildim va surishtirdim u kishi quyidagi xadislarni bayon qildi. Ya’ni AbdurRaxmon ibn A’uf r.a ning qichima kasalliklari va bitga chalinganlarida Payg‘ambarimiz sallAllohi a’alayxi vasallam ipakdan kiyim kiyishga buyurganliklari xaqida... Shu bilan u kishining gaplari buyicha shoyi-ipakdan bulgan niqop xozirgi pandemiya vaqtida virus -bakteriyalarga xam qarshi samarali vosita deb bilvotdilar. Meditsina nuqtai nazardan toza shoyi- ipakdan bulgan niqoplar oddiy matodan bulgan niqobga qaraganda ancha foydali va samarali emish. Shu masala xaqida, ipakdan tuqilgan niqobdan foydalanishga shariyat qanchalik ijozat beradi. Shuni bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadisda kelgan hukm badaniga ipakdan boshqa kiyim kiysa badanini archib tashlaydigan holda bo‘lgan. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruxsat berganlar. U ikkisini bir-biriga qiyoslash to‘g‘ri emas. Erkaklarga ipakdan foydalanish joiz emas. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar