Harom pul haqida savollar
Assalomu alaykum! Agar men biror joyda ishlasam bu joydan topayotgan pulim halol bo‘lsayu, lekin xaromdan kelgan daromadim ham bo‘lsa bir-biriga aralashtirmay saqlasam, haloldan topilganini yig‘ib borsam yoki uydagilar uchun jo‘natsam bunda xaromlik yo‘qmi? Harajatlarim o‘rniga xarom puldan ishlatsam, halol pul yig‘ilib borilsa bunda halolga tasir yo‘qmi? 2). Agar xarom puldan qarzdorligim bo‘lgan odamlarga qarzimni qaytarsam, qarz yopiladimi? Haq qolmaydimi? Agar mumkin bo‘lmasa, to‘langan qarzlar nima bo‘ladi? (Agar ular bergan pul ham xarom bo‘lgan bo‘lsachi?) 3). Xaromdan kelgan daromadni uydagilar bilmasa yoki bilsalarda harajatlar uchun jo‘natsam ular uchun yomon tarafi yo‘qmi? Sog‘liqlari uchun ishlatsak qanday bo‘ladi? Ota-onam sog‘lig‘idan havotirdaman. 4). Xarom pulga olingan mol-mulkni ishlatib tursa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromdan keladigan ishingizni tez yig‘ishtiring. Haromdan qarzlarga to‘lash joiz emas. Shariatimizda harom pullarning haqdorlari faqir-miskinlar. Hamma harom pullaringizni o‘z haqdorlari ya’ni faqir-miskinlarga savob umid qilmasdan sadaqa qiling. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat