Qo‘shnimning savoli

Assalomu alaykum! Shifokor qo‘shnim bilib berishimni so‘radi. U xususiy klinikada laboratoriyani boshqaradi. Poliklinika shifokorlari bilan bemor yuborishsa to‘langan puldan 20 foizini qaytarishga kelishilgan ekan. Bu pul albatta narx oshishiga olib keladi deydi. Bu noto‘g‘ri ish ekanini anglab to‘xtatmoqchi ekan. Yig‘ilib qolgan pullarni kelishilganidek poliklinika shifokorlariga qaytarib, keyin to‘xtatsinmi yoki o‘sha pullarni biror muhtojga bersinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qilayotgan ishi noto‘g‘ri. Vijdoniga bog‘liq. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar