Shamni o‘chirish
Assalomu alaykum! Ustozlar shamni birinchisini o‘chirib ikkinchisini yoqqan kishi Hazrat Umar roziyallohu anhu bo‘lganlarmi yoki o‘g‘illari Abdulloh ibn Umar bo‘lganlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir kuni Abdurahmon Ibn Avf roziyallohu anhu mo‘minlar xalifasi Hazrati Umar roziyallohu anhuning ziyoratlariga keldilar. Salom berdilarda kutib turdilar. Xalifa Umar roziyallohu anhu yonib turgan shamni o‘chirib, keyin boshqasini yoqdilar. Bu ahvol mehmonning diqqatini tortdi. U Umar roziyallohu anhuga: "Ey amiral mo‘minin, oldingizda sham yonib turardi, uni o‘chirdingiz, o‘rniga xuddi shunga o‘xshash boshqasini yoqdingiz. Buning hikmati bordur", - dedi. Hazrati Umar roziyallohu anhu tabassum bilan: "Yo Abdurrahmon, o‘chirganim davlatning shami yoqqanim o‘zimning shamim. Shaxsiy pulimga olganman, davlat ishlarini qilganda davlat shamini yoqaman, hozir sen bilan suhbat qurib o‘tirganimda davlat shamini yoqishim halollik bo‘lmaydi. Shuning uchun uni o‘chirdim, o‘z shamimni yoqdim. Shunday qilmasam Allohga qanday hisob beraman", - dedi. Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu : "Yo Robbiy, Xattobning o‘g‘li Umarni boshimizdan nari qilma", - deb duo qildilar. Vallohu a’lam! https://old.islom.uz/content/view/4139/137/
29 Aprel 2022, 07:13 | Savol-javoblar | 144 | Siyrat va tarix