“Orziqib kutilgan mujda” maqolasi haqida
Assalamu alaykum va rahmatulloh va borakatuh! Ustoz men bugun www.muslimaat.uz saytida “Orziqib kutilgan mujda” nomli maqolani o‘qib qoldim. Aslida bu maqolaga ham o‘xshamaydi, hikoya yoki rivoyat desak u matndagi bir qancha dialoglar Rasululloh s.a.v.ni muborak so‘zlari va sahobiy r.a.larning suhbatlari sifatida keltirilgan. Biz bilamizki, qachonki biron bir hadis yoki sahobiylarni suhbatlari rivoyat qilinsa birinchi navbatta arabcha matni keltirilib, so‘ngra uning mazkur tilga ma’nolari tarjima qilinadi. Tarjima qilinganda ham imkon qadar mukammal, bexato, eng asosiysi imlmiy omonat yuzasidan tarjima qilinadi. Bunday holatlarda tarjimonning mas’uliyati judda katta bo‘ladi. Meni bu savolni yo‘llashimga majbur qilgan narsa shuki, ushbu “maqola”da keltirilgan dialoglarni, “hadis”larni o‘qisangiz yuqorida sanab o‘tilgan faktorlarga mutlaqo teskari holatga guvoh bo‘lasiz. Rasululloh s.a.v. va ahli bayt bo‘lgan sahobiylar haqida haddan ziyod ehtiros bilan rivoyatlar keltirilgan. Allohdan umid qilamanki men xato qilayotgan bo‘lay. Aks holda bu maqola bir qancha muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu “maqola” oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni birma-bir yozsam sizni va boshqa birodarlarni vaqtlarini olgan bo‘laman. Shu sababli bu maqolani linkini sizga havola qilaman.https://www.muslimaat.uz/kutubxona/oquv-zali/item/1174-orziqib-kutilgan-mujda.htmlAlhamdulillah yildan yilga muqaddas dinimizni o‘rganib, imkon qadar saviyali, ishonchli, sahih ma’lumotlar ko‘payib, bu kabi ehtiroslar bilan yozilgan, sahih ma’lumotlarga asoslanmagan kitoblar yo‘q bo‘lib borayotgan bir paytda bunday “maqola”larga biz qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? Maqola davomida keltirilgan Zaynab r.a. va Abul Oss r.a.larning aynan shu suhbatlari sahih ma’lumotlarga asoslanganmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni maqolaning egasidan so‘rang.
5 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 155 | Ta’lim va muta’allim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni maqolaning egasidan so‘rang.
5 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 155 | Ta’lim va muta’allim