Chet el safariga chiqish

Assalomu alaykum! Man man chet elga chiqmoqchi edim, mahramsiz chiqsa bo‘ladimi? Ayol kishiman va manga dugonam mahram bo‘la oladimi? Javobingiz uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dugonangiz sizga mahram bo‘lolmaydi. عَنْ أَبِى سَعِيدٍ الْخُدْرِىِّ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لاَ يَحِلُّ لاِمْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ أَنْ تُسَافِرَ سَفَرًا يَكُونُ ثَلاَثَةَ أَيَّامٍ فَصَاعِدًا إِلاَّ وَمَعَهَا أَبُوهَا أَوِ ابْنُهَا أَوْ زَوْجُهَا أَوْ أَخُوهَا أَوْ ذُو مَحْرَمٍ مِنْهَا
Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun uch kunlik va undan ortiq masofaga otasi yoki o‘g‘li yoki eri yoki aka-ukasi yoki mahram qarindoshisiz safar qilishi xalol bo‘lmaydi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ayol kishiga ayol kishi mahram bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:00 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar