Xotinim man kofirman dedi

Assalomu alaykum! Yaqinda xotinimni telefonidan bir rasmni ko‘rib qoldim. Xotinim xolavachchasini tuyida xolavachchasini urtaga olib xolavachchasini ung tomonida senglisi chap tomonida xotinim va xotinim va senglisini yonida onasi va xolalari bilan rasmga tushgan ekan xolavachchasini egnida chopon edi. Xotinim va uning senglisi xolavachchasini tirsak tarafidan podrushka qilib olgan. Shuni kurib uzimni tutib turaolmay u bilan urushib ketdim va unga uzi musulmonmisan dab uch marta suraganimda - man kofirman deb aytdi. Bu xolatda bizning nikoximiz nima buldi. Agar u dinga qaytib muslima bulsa man unga yana qayta nikoxlana olamanmi yoki yuqmi yoki xaliyam bizning urtamizda nikox sobitmi? Shu ishdan keyin unga qaraganimxam gaprganimxam yuq fatvoni kutayabman va fatvoga qarab ish olib boraman. ( Xotinim xijobga kirmagan bir nomoz uqib bir uqimaydi va bu ishi birinchi marta emas oldinxam jiyanlarindan uzoq tur deb ogoxlantirganman)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘azab paytida aytilgan gaplarning e’tiborli bo‘lish bo‘lmasligiga ixtilof bor. Ixtilofli o‘rinda esa biror hukmni qat’iy aytish mushkul bo‘ladi. Shuning uchun endi g‘azab paytida bunday savol berishdan extiyot bo‘ling. Agar xotiningiz “g‘azab tufayli aytdim” deyayotgan bo‘lsa, endi istig‘forni  ko‘paytirsin va bunday holatda ba’zi mo‘’tabar ulamolarning qavllariga ko‘ra nikohi sobit turgan bo‘ladi. Siz esa kufr keltirishiga sabab bo‘ladigan gaplarni qilmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 185 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar