G‘usldan keyin namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Junublikdan keyin g‘usl qilib nomoz o‘qisa bo‘ladimi, yoki g‘usldan so‘ng taxorat qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usl qilish bilan inson poklanib namoz o‘qishi joiz, tahorat qilish shart emas. G‘usldan oldin tahorat qilish sunnat. G‘usl jarayonida tahorat ketadigan amallardan birortasi bo‘lsa g‘usl ado bo‘ladi ammo u g‘usl bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi. Bu holatda namoz uchun alohida tahorat olish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 270 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar