Ish vaqtida namoz

Assalomu alaykum! Alhamdulillah yaqindan boshlab 15 yillik qazo namozlarimni o‘qishni yo‘lga qo‘ydim. Ya’ni xar namozdan keyin shu namoz farzini qazosini xam qo‘shib o‘qiyapman. Davlat ishxonasida ishlayman. Ish paytida namozlarni yo‘lini qilib o‘qib olamiz. Ishda peshin namozini faqat farzini o‘qiyman. Yaqin oradan 4 rakat farzdan keyin yana 4 rakat qazo qo‘shib o‘qishni boshladim. Ish paytida peshin 4 rakat farzidan keyin 4 rakat qazo o‘qishim durustmi yoki qazo o‘rniga peshin namozini sunnatlari bilan to‘liq o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnatlari ham muakkada. Imkon boricha ularni tark etmang. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar