Dinga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish

Assalomu alaykum! Turmushga chiqqanman. Oilamizda qaynotam Islomdan xabari yo‘q. Alkagol iste’mol qiladi va xaqoratlayveradi. Turmush o‘rtog‘im esa “biz islomiy oila emasmiz” deb ta’kidlaydi. Turmush o‘rtog‘imni namoz o‘qishga, ro‘za tutishga undayveraman. Lekin irodasi sustroq bo‘lgani sabab farz amallarni kamdan kam bajaradi. Bu ishlar ajralishga sabab bo‘la oladimi? Agar bo‘lmasa men ularni to‘g‘ri yo‘lga qanday qaytara olaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz hikmat bilan ish tuting, islomni chiroyli ko‘rsatadigan ishlar qiling. Zora sizni sababingizdan o‘sha oila hidoyat topsa. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar