Dori to‘g‘risida

Hazrat, savol bilan murojaat qilishga ruxsat bersangiz, Hazrat menda buyragimda tosh bor, lekin u tosh boshqa payt bezovta kilmay xar yili ramazon ro‘zasida bezovtaga kila boshlaydi sabab, organizmda suv kolmaganda ogrik bera boshlab, lanjlantirib yotoksiratib kuyadi, men ro‘za tutmaslik baxonasida bu masalani suramokchi emasman, sababi shuki, buyrakka muljallagan maxsus "Tsiston" dori bor shu dori ogrikni kamaytirib beradi, bu dorini og‘iz yopgandan va ochgandan sung kaul kilayapman lekin bu kamlik kilayapti shu dorini peshinda suv yoki boshqa suyukliklardan foydalanmagan xolda u dorini yutvorib kabul kilsam bo‘ladimi u dori kuvvat bermaydi fakat buyrakka muljallangan ogrikni koldiruvchi va toshga qarshi dori xisoblanadi, shu masalada maslaxat bersangiz oldindan katta tashakkur! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Dori qabul qilinganda ro‘za ochiladi. Imkoni yo‘q bo‘lsa, siz tuzalganda qazosini tutib berasiz.

26 May 2022, 22:21 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar