Maslahatga muhtoj musofir
Bismillahir Rohmanir Rahiym, Assalamu alaykum va rahmatulloh, Hurmatli Shayx Hazratlari, Ismim Zafar, 24 yoshdaman, uylanganman va 4 yashar qizim bor. Hozir Germaniyada Universitetda ta‘lim olaman. Germaniyaga kelganimga 9-10 oy bo‘lib qoldi. Toshkentda 2-xonali uyim bor edi, shuni sotib, o‘qiyman deb keldim. Allohga tavakkal qildim. Allohga shukur, hozir 1-kursda Universitetda o‘qiyman, lekin bu oson bo‘lmayapti. Noshukurlik qilayotganimda yozayotganim yo‘q, qalbimga bu erda taskin topolmayapman. Oilamni va qizimni olib kelishni ilojini qilolmayapman. Germaniya davlatining qonunlari ko‘p to‘sqinlik qilyapti, ya‘ni bir kishi kafillikka olish kerak. Unday odam topilmayapti. Keyin yaqinda dadam olamdan o‘tdilar, janozalarida qatnasha olmadim, so‘nggi manzillariga kuzatib qo‘ya olmadim. Sabr qilishda davom etyapman, sabr qilish qanchalar qiyin ekanligini his qilib, ba‘zida o‘ylab qolaman. O‘zi man to‘g‘ri yo‘ldamanmi yoki shunday paytlarda oilamni oldida bo‘lishim kerak edimi?, deb. Nima qilishni bilmay qoldim. Allohga shukur, Germaniyaga kelishdan oldin moddiy holatim yaxshi edi, ota-onam, oilam va qizim yonimda edi, lekin o‘qiyman deb ketganim noto‘g‘ri bo‘ldimikan deb o‘ylayman. Yana so‘raydiganim, oila va qizimdan uzoq muddat ayriliqda yashab (balkim keyinchalik ularni olib kelishni imkoni bo‘lar, lekin bu uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi bilmayman) o‘qiganim yaxshimi yoki oila va qizimni oldiga qaytib ularni yonida bo‘lganim yaxshimi? Qaysi men uchun afzal bilmayman. Javob bilan birlikda, Allohdan menga madad va to‘g‘ri yo‘lni topishimni so‘rab duo qiling. Men ham sizning haqqingizda duo bo‘laman inshallah. Allohning rahmati va barokati bo‘lsin. hurmat bilan Zafar Safaev Germaniya, Hannover
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu o‘zingiz yaxshilab o‘ylab ko‘rib hal qilinadigan masala. Alloh sizga sabr bersin va O‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlasin!
5 May 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu o‘zingiz yaxshilab o‘ylab ko‘rib hal qilinadigan masala. Alloh sizga sabr bersin va O‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlasin!
5 May 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya