Buyurtma berish

Assalomu alaykum! Doska ishlab chiqaruvchi bilan gaplashdim. 12 ta doska buyurtma berdim. Doska ishlab chiqaruvchi doskalarni videosini tashladi. Faqat doskalarning bir aybiga e’tibor bermabman. Doskalar nur qaytaradigan ekan. Yaltirar ekan. Bizning o‘quv xonalarimizga nur qaytaruvchi doskalar olish xato. Sinf xonalarimizda har birida qariyb 10 ga yaqin lampalar bor. Bu dars sifatiga ta’sir qiladi. Yozuv ko‘rinmay qoladi, doskaning nur qaytarishi hisobiga. Savolim: buyurtma qilgan doskalarimni olmasam ham bo‘ladimi? Doskalarning aynan nur qaytarishi xususiyati uchun. Va’da berib bajarmaslik munofiqlik alomatidan. Shundan qo‘rqyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aybli bo‘lsa olmaslikka haqqingiz bor. Vallohu a’lam!

26 Avgust 2023, 07:53 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar