Qazo namozlardagi va qazo ro‘zalardagi xatolar

Assalomu alaykum! Kishi zimmasidagi qazo namozlarini va qazo ro‘zalarini tugatgan bo‘lsayu, lekin yillar o‘tib, vaqtida ado qilgan namozlaridagi va keyingi tugatgan qazo namozlaridagi (asosan harflardagi xatolar), vaqtida tutgan ro‘zalaridagi va qazo ro‘zalaridagi (asosan ro‘zani yangi boshlagan yillari ilmsizlikdan og‘iz yopishda vaqtni kechiktirishi, ro‘zadorligi paytida bavosir kasalligi tufayli orqa ma’qaddan qon kelishi to‘xtamaganda qog‘oz pilikni 0,5-0,7sm chamasida ma’qadga kirgizib qonni to‘xtatib so‘ng yuvilgan bo‘lsa), va undan tashqari tahorat va g‘usldagi xato va kamchiliklarni bilib-o‘rgangan bo‘lsa, shu qazo namozlari va qazo ro‘zalaridan yuqorida ko‘rsatilgan xatoliklari sababli ko‘ngli to‘lmasa, umrini oxirigacha qazo namoz o‘qishni va qazo ro‘za tutishni niyat qilsa to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni va ro‘zani buzadigan darajada xatolarga yo‘l qo‘ygani aniq bo‘lsa hisobini aniqlab qayta bajaradi. Vallohu a’lam!

27 Avgust 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar