Qarzdorning zakot berishi

Assalomu alaykum! Men zakot bermoqchiman, uy olamiz deb niyyat qilib pul to‘playotgan edim. Bir qismini qarzga berganman. Shu qarzni avgust oyida bergan edim, dekabr oyigacha muddati. Mana shu bergan qarzim bilan uydagi qolgan qismi bilan birga xisoblab (qo‘shib) 40 dan birini berishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor pulingizga qarzga bergan pullarni ham qo‘shib qirqdan birini berasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 144 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar