Xamr obkelmaslik uchun yolg‘on gapirish

Assalomu alaykum! Men chetelda musofirchilikdaman. 3 kishi bo‘lib ishlaymiz. Kecha non tugab qolgani uchun magazinga chiqqan edim. Magazinga borganimdan keyin, bir sherigim, menga telefon qildi va xamr(nos) obkel deb iltimos qildi. Men xop qarab ko‘raman dedim. Magazinchidan xamr bor yoki yo‘qligini so‘raganim xam yo‘q. Non xaqini to‘ladim va magazindan chiqib uyga keldim. Uyga kelganimdan keyin, sherigim, xamr obkeldingmi deb so‘radi, men esa "bir magazinga kirdim tugab qoldi deb ayti, keyin boshqa magazinga kirdim u erda sotilmas ekan" deb yolg‘on gapirdim(maqsadim qo‘lim bilan obkelib bermaslik edi). Ushbu sherigimning dindan umuman xabari yo‘q. Agar men unga xamr obkesam gunoxkor bo‘lib qolaman deb aytsam, dinni mensimasligi va o‘rtamizda nizo paydo bo‘lib qolishi mumkin edi, shuning uchun yolg‘on gapirdim. Men bu erda yolg‘on gapirib xato qilib qo‘ymadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xato qilgansiz. Dinni masxara qilishi xavfi bo‘lsa, sababini aytmay rad qilishingiz lozim edi. Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 13:44 | Savol-javoblar | 202 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar