5ta namozga bitta niyat

Assalomu alaykum! Onam xufton namozidan keyin 2 rakat nafl namozda 5 ta namozga niyat qiladila. Ya’ni shifo, taxajjud, shukr, xojat va tavba namozlarini. Shariatda to‘g‘rimi shu ish?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xuftonning sunnati bo‘lmasdan alohida nafl bo‘lsa zarari yo‘q. Lekin namozlar ichida shifo namozi degan namoz yo‘q. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 204 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar