Farqi nima?
Assalomu alaykum! Rux, nafs, qalb bular bitta narsami yoki boshqa-boshqami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson suv, havo, olov va tuproqdan tarkib topgan. Unga ruhni biriktirilgan. To‘rttala unsurni ozuqasi erdan, insonda suv kamaymasligi uchun suv ichadi. Tuproq kamaymasligi uchun tuproqdan unib o‘sgan narsalarni eydi. Havodan mahrum bo‘lmasligi uchun nafas oladi. Haroratni saqlash uchun harakat qiladi. Xullas hammasi oz vaqtida o‘z ozuqasini olib turishi shart. Ruh esa samoviy unsur hisoblanib, uning ozuqasi ham samodan kelgan narsalar bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruhning ozuqasini Allohning zikri, tilovati Qur’on hamda doimiy ravishda Allohga bog‘lanib turishda ekanligini ta’limini berganlar. Besh unsurdan qaysi biri och qolsa faryod qiladi, kasal bo‘ladi, zaiflashadi va o‘z vazifasini bajarolmay qoladi. Suv ichmagan taomlanmagan kishini silasi qurishi, quvvatsizlanib hech narsaga yaroqsiz bo‘lib qolishini ko‘zimiz bilan ko‘ramiz. Ruh ham och qolsa faryod qiladi, o‘z vazifasini bajarolmaydi. Ruh badandan ajramas ekan o‘lolmaydi, qutilolmaydi. Silasi qurib insonga ilashib yuraveradi. Hozirda odamlar musiqani ruhning ozuqasi deb hamma yoqqa jar solishmoqda. Musiqa ruhning aslo ozuqasi bo‘lolmaydi. Aksincha u asl holatini buzib xushidan ketkazuvchi narkotik vazifasini bajarishi mumkin. Xuddi sigaret va nos kabi vaqtinchalik aldovchi narsa xolos. Oxir oqibat ruhni ham harob qiladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 169 | Islam