"Chilla Yosin" haqida savol

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuhu Xazrat. Sizga bir muhim savolim bor edi. "Chilla Yosin" ni ma‘nosi nima? "Chilla Yosin" o‘qitish joiz amallardan bo‘lsa: uni qay vaqtda, qay tarzda, kimlar o‘qisalar savobi ulug‘ bo‘ladi, va murod hosil bo‘ladi. Sizni nasihat va ko‘rsatmalaringizga muhtojmiz.Agar biror manbada yozgan bo‘lsangiz, iltimos ushbu manbani aytsangiz ham Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Sizga Allohdan ikki dunyo saodatini so‘rab, oldindan minnatdorchilik bildiraman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qirq Yasiyn degani. Qur’on tilovatidan keyin duo qabul bo‘lishidan umidvor bo‘lib odamlar qilib yurgan odat bu.

29 Aprel 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar