Namozni qazo bo‘lishi vaqtlari haqida
Assalomu alaykum! Men xaligacha namoz qachon qazo bo‘lishini tushunib etmaganman. Ba’zibir manbalarda namoz vaqtlari bomdod quyosh chiqgunigacha, peshin asr namozigacha, asr namozi to shom namozigacha, shom namozi xufton namozigacha, xufton namozini esa to bomdod namozigacha o‘qisa bo‘ladi deyilgan. Deylik peshin namozi soat 13:00 da. 13:00 da azon aytildi. Deylik men namozga azon aytilgandan so‘ng men sunnat va farz namozlarini jamoat bilan yoki yolg‘iz o‘zim o‘qiy olmadim. 13:30 13:40 larda men peshin namoziga niyyatni qazo namozi uchun niyat qilamanmi yoki oddiy niyat qilamanmi? Umumiy savolim shuki bir namoz vaqti keyingi namoz vaqti kirgandan so‘ng qazo bo‘ladimi yoki azon aytilgandan so‘ng o‘sha zaxotiyoq o‘qiy olmasa qazo xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Asr namozigacha vaqtida deb niyat qilasiz. Asr vaqti kirganida peshin qazo bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Asr namozigacha vaqtida deb niyat qilasiz. Asr vaqti kirganida peshin qazo bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 156 | Namoz