Qancha muddat mumkin

Assalomu alaykum! Aziz uztozlar, er-xotin qancha muddat bir biridan uzoqda yashashi mumkin? 4 oymi, 6 oymi? Agarda shu muddatlardan ko‘payib ketsa er ayolining haqqini bajarmagan bo‘ladimi? Oxiratda buning uchun javob beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifalik davrlarida, kechasi birovga bildirmasdan, shaharni aylanib, odamlarning hollaridan xabar olib yurar edilar. Kunlardan bir kun bir hovlida ayol kishining hijron haqida bayt aytayotganini eshitib qoladilar. Surishtirsalar, u ayolning eri Islom lashkarlari bilan urushga ketgan ekan. Hazrati Umar odam yuborib, Hafsa onamizdan: «Ayol kishi ersiz qancha sabr qila oladi?» deb so‘ratibdilar. U kishi: «To‘rt oy», – deb javob beribdilar. Shundan keyin hazrati Umar askarlikda hech kimni to‘rt oydan ko‘p ushlab turmaslikka farmon bergan ekanlar. ("Baxtiyor oila" kitobidan). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 00:54 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar