Savdo payti nomahram ayol kelib qolsa

Assalomu alaykum! Men telefonlar uchun xar xil ehtiyot qismlari, quloqchinlar sotaman. Ba’zida nomahram ayollar bilan ham savdo qilishga to‘g‘ri kelib qoladi. Qilmaganim ma’qulligini bilaman, agar nomahram ayol kelib qolsa nima qilay? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nomahramlar bilan savdo qilish shariatimizda qaytarilgan emas. Keng narsani toraytirib nima qilasiz? Vallohu a’lam!

5 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar