Qo‘qondagi "Sux mozor"
Assalomu alaykum! Fargona viloyati Qo‘qon shaxrining Chorsu daxasida katta jome masjidi joylashgan. Shu masjidning orqa qismida qabriston mavjud (xalq orasida "Sux mozor" nomi bilan tanilgan). Mazkur qabristonga kirish qismining o‘ng tomonida 2-3 xonali uy mavjud. Ushbu uyning birinchi xonasiga 3 ta tobut qo‘yib qo‘yilgan. Qo‘qon shaxri va unga tutash tumanlardan odamlar kelishib, o‘sha tobutlarning ichiga navbat va navbat bilan yotishadi. Tobut ustida turgan shaxs (ayollarga ayol kishi, erkaklarga erkak kishi xizmat ko‘rsatadi) unga suv sepib, shu tarzda qo‘rqoq kilishadi. Shundan so‘ng, u erdan chiqib, ushbu qabristonga kirish qismining chap tomonida joylashgan 2 ta xonadondan biriga bir marotaba ovqat masallig‘i yoki o‘sha qiymatda pul berib, "qora sotdi" qilishadi. "Qora sotdi" va shu tartibda qo‘rqoq qilishga ayrim diniy ulamolar xam ko‘rsatma berishadi. Savolim shundan iboratki, 1) "Qora sotdi" nima u va xalq orasida nega bu narsaga ixlos qilinadi. 2). Qo‘rqoq qilish tushunchasi tabobatda qo‘llanishi mumkin lekin dinda bu keltirilmagan bo‘lsa kerak? Bu ikki xolatga islom dinida qanday munosabat bildiriladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu odamlarni axmoq qilish. Odamlar axmoq bo‘lsa nima ham deya olamiz. Buni dinga hech qanday aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 178 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu odamlarni axmoq qilish. Odamlar axmoq bo‘lsa nima ham deya olamiz. Buni dinga hech qanday aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 178 | Aqiyda