Darvinning nazariyasi ustida tortishuv
Assalomu alaykum! Bir necha kun avval amakimning qizi bilan tortishib qoldik. Aslida hammasi Josiya surasi 13-oyat ustida boshlandi. Men bu oyatni bildirganimda opam "Bu bilan insonni ilohiylashtiryapsan. Hech narsa insonga xizmat qilish uchun yaratilmagan. Har bir jonzotning o‘z hayoti bor. Bu gaping xato" dedilar. Men "Bu mening gapim emas, Qu’rondan oyat. Alloh bu bilan insonni boshqa jonzotlardan mukammalroq yaratganini aytmoqchi, shukr qilish uchun" dedim. "Inson ham qo‘ngiz ham teng, ularni hech biri bir biridan yaxshiroq emas. Biz ham maymundan kelib chiqqanmiz" dedilar. Men bu gapni tasdiqlamadim va inson loydan yaralganini aytdim. U ustimdan kulib, meni qoloqlikda va ilmsizlikda aybladi. Men Sajda surasidan (7-9) misol keltirdim. U ham kitoblaridan keltirdi. Men bunday emas desam "Ilm fan buni isbotlagan, fan dindan ko‘ra ko‘proq narsa biladi" dedi. Men "Bu sizning fikringiz. Buni dinsizlar o‘ylab chiqarishgan va ishonishgan. Men ko‘proq Allohning kalomiga ishonaman." dedim u bu gaping bilan mening otamni ham dinsiz deyapsan. Shu gaplaringni o‘z otangga ham ayt u ham dinsizmi unda ?! Xudoga shukur men hidoyatdaman, ammo faqat haqiqatni tan olaman." dedi. Shu bilan mana necha kundirki gaplashmadik. Men bilan go‘yo aloqani uzdi. Men unday demaganimni oyatning maʼnosini, nima uchun bunday deyilganini yaxshi muomalada tushuntirishga urindim, lekin bolmadi. Men nima qilay ? Yoki bu tortishganim bilan noto‘g‘ri qildimmi deb o‘ylayapman. Bu ishimning hukmi qanday? Uni yaxshi ko‘rganimdan uning ham solihalardan bo‘lishini xohlayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror ahli ilmning suhbatiga olib boring. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 163 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror ahli ilmning suhbatiga olib boring. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 163 | Islam