Ish beruvchining pensiya o‘rniga dasturi xaql
Assalomu alaykum Xazrat! Sizga AQShdan xat yozyapmiz.Quyidagi savolni berishga ijozat bersangiz.Ishxonamda xar hafta maosh olamiz. Shu maoshga qo‘shimcha "401 k" degan dastur bor. Bu dastur pensiya o‘rniga yo‘lga qo‘yilgan. Bizning ishxonada pensiya jamg‘armasi yo‘q. Ushbu dasturga ixtiyoriy yozilish mumkin. Unga ko‘ra haftalik oylikdan 5%, taxminan 50$ olib qolinadi va unga ishxona 50$ qo‘shadi. Shu mavjud bo‘lgan 100$ mablag‘ni ishxona maxsus hisob raqamiga qo‘yib boradi. Ushbu mablag‘larni turli korxona va loyixalarga tikiladi. Qaerga tikish va qancha miqdorini tikishni men tanlayman. Misol uchun 25$ ni Applega, 15$ IBMga, qolganini yana boshqa erga.Agar foyda qilsam pul qo‘shilar ekan. Foyda bo‘lma aksincha zarar bo‘lsa pul kamayar ekan. 60 yoshga etganimda ushbu pullarni xech qanday soliqlarsiz o‘zimning shaxsiy hisobimga tushirib berar ekan. Istagan kishi undan oldin xam mablag‘larni olsa bo‘lar ekan. Lekin oldin olganda soliq va jarimalar to‘lab keyin olsam bo‘lar ekan.Shu dasturdan foydalanish joizmi?Javobingiz uchun raxmat.Qimmatli vaqtingizni olganim uchun manzur tutasiz. Agarda savolim takroriy bo‘lsa ming bor uzr so‘rayman.AQSh dan Boxodir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Halol narsalarga tikib ishlasa bo‘ladi.
5 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Halol narsalarga tikib ishlasa bo‘ladi.
5 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat