Ehson va sadaqa
Assalomu alaykum! Bir tanishim pul ma’nosida badavlat inson emas, lekin pul topgan paytda muxtojlarga egulik ya’ni un, guruch va xokazolar olib beradi. Goxida pul ham beradi, vaqt kelsa deyarli xamma pulini exson va sadaqa qilgan. Shundan savolim exson yoki sadaqani islomda chegarasi yo‘qmi, ya’ni ko‘p miqdori isrofga kirmaydimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo insonning joni chiqmagunicha rizqini berib turishini zimmasiga olgan. Shunday ekan ajali etmas ekan hech bir inson o‘lmaydi. Bu dunyoga kelishdan maqsad ham inson oxiratini obod qilishdir. Emay edirgan, kiymay kiydirgan ham o‘tadi, eb, kiyib va hech kimga bermagan ham o‘tadi. Ammo edirgan va kiydirganning savobi nihoyat darajada ulug‘dir. Alloh taolo inson vafot topib qayta tirilsa nimani orzu qilishini O‘z kalomida bayon qilgan: وَأَنفِقُوا مِن مَّا رَزَقْنَاكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَا أَخَّرْتَنِي إِلَى أَجَلٍ قَرِيبٍ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُن مِّنَ الصَّالِحِينَ 10. Va biringizga o‘lim kelib: «Robbim, agar meni ozgina muddatga orqaga sursang-u, sadaqa qilsam va solihlardan bo‘lsam», demasidan avval Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling. (Munafiqun surasi).
Ajali etgan inson agar ozgina muddat bersang namoz o‘qirdim, zikr qilardim yoki boshqa bir ibodatni qilaman demasdan “sadaqa qilardim” deydi. Chunki inson o‘sha vaqtda sadaqa qilishning savobi o‘ta yuqori ekanligini ko‘radi. وَعَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِيَ الله عَنْهٍُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ الصَّدَقَةَ لَتُطْفِيءُ عَنْ أَهْلِهَا حَرَّ الْقُبُورِ، وَإِنَّمَا يَسْتَظِلُّ الْمُؤْمِنُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فِي ظِلِّ صَدَقَتِهِ" أخرجه الطبراني Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Sadaqa, sadaqa qilgan insondan qabrning o‘tini o‘chiradi va mo‘min kishi qiyomat kuni qilgan sadaqasining soyasida bo‘ladi” deganlar. Tabaroniy rivoyati. قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْ كَانَ لِي مِثْلُ أُحُدٍ ذَهَبًا لَسَرَّنِي أَنْ لَا تَمُرَّ عَلَيَّ ثَلَاثُ لَيَالٍ وَعِنْدِي مِنْهُ شَيْءٌ، إِلَّا شَيْئًا أَرْصُدُهُ لِدَيْنٍ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Uhudchalik oltinim bo‘lsa ham, qarz uchun olib qo‘yadiganimdan boshqa biror narsaning huzurimda uch kun ham qolmasligini istar edim», dedilar». Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:31 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar