"kofir va mushriklar bilan munosabat"
Muhtaram ustoz, Alloh svt berayotgan ilmingiz uchun martabangizni ulug‘ qilsin!Ustoz men chet davlatlaridan birida O‘qiyman va ishlayman, man bilan ba‘zi bir islomga dinga dindorlarga qarshi kofir va mushriklar ishlashadi. Lekin ular bilan iloji boricha gaplashmaslikka harakat qilaman, lekin ular har doim muloyim salomkashadilar va gaplashadilar bu ularning odatidan, va ish soHasida ishda ba‘zida har hil masalalar haqida gaplashamiz, ba‘zida dindan ba‘zida dunyodan fikr almashamza, lekin men ba‘zida bular bilan sirlashmayatganmikinman deb havotir olib yana gaplashmayman. Lekin baribir yana salom alikdan boshlanib gaplashib ketaveramiz, bu holat bu erdagi ko‘p muslimlada uchraydi, shu holatda ular bilan sirlashmayapmizami, ya‘ni do‘stlashmayapmizami?Javobingiz uchun Alloh svt sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sirlashish degani boshqaga aytmaydigan, aytsa zarar keltiradigan narsadir. Ish yuzasidan, oddiy bordi keldi gaplar sir emas. Ularni boshqa diyn vakillari bilan gaplashsa bo‘laveradi.ISLOM VA BOShQA DIN VAKILLARI Insoniyat tarixida insonlar orasidagi teng huquqlikning buzilishiga sabab bo‘lgan omillardan biri-bir din vakillarining boshqa din vakillariga diniy ayrimchilik asosida qarashidir. O‘z diniga bo‘lgan tarafkashlik tuyg‘usi, ega dindagi kishilarga boshqacha nazar bilan qarashga olib borgan. Bu omildan esa «siyosatchilar» doimo o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib kelganlar. Qaysi bir urushni olib ko‘rsak ham uning kelib chiqishida asosiy ayb «siyosatchilarda» bo‘lib, o‘sha siyosatchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar, hatto o‘zi dinsiz bo‘lsa ham o‘z maqsadiga erishish uchun kishilardagi diniy omilni yaxshilab ishga solish payida bo‘lganlar. Sirtdan esa, bir din bilan ikkinchi din urishgan, diniy urush deb nomlangan urushlar bo‘lib ko‘ringan.Hozirgi kunimizda esa, insonlar dinlari qandoq bo‘lishidan qat’i nazar teng huquqli ekanliklari shiori oldinga surilmoqda.O‘z-o‘zidan Islom bu masalaga qandoq qaragan, degan savol paydo bo‘ladi. Ba’zi kishilar, savolga o‘rin yo‘q, hamma narsa ma’lum, deyishi mumkin. Nima ma’lum? desangiz, Islom musulmonlarga g‘ayridinlarni o‘ldirishni farz qilgan, jihod farz, musulmon odam qaerda g‘ayridinni ko‘rsa o‘ldirishi kerak, hozirgi tinch-totuv yashash haqidagi gaplar zamonning zayli bilan aytilayotgan gaplar xolos, deyishadi.Haqiqatdan shundoqmi? Keling, bir xolisona o‘rganib chiqaylik. Insoniyat tarixida boshqa din vakillari bilan qandoq qilib tinch-totuv yashash mumkin, degan savol Islomgacha tashlangan emas. Tarixda birinchi bo‘lib Islom dini turli dinga e’tiqod va amal qiluvchilar birgalikda, bir jamiyatda yashashlari mumkinligi fikrini oldinga surdi va bu fikrni hayotda tatbiq qildi. Agar Islomdan oldin bu masalani ko‘targan, unga amal qilgan din yoki tuzum bo‘lsa, uning isboti bo‘lsa, biladigan kishilar raddiya qilsinlar, marhamat!Islom esa samoviy dinlarning barchasini asli bir, hammasi Alloh taolodan deb e’lon qildi. Alloh taolo «Sho‘ro» surasida:«U zot sizga dindan Nuhga tavsiya qilgan narsani va Senga (ey Muhammad) vahiy qilgan narsani, Ibrohimga, Muso va Iysoga tavsiya qilgan narsamizni shariat qilib: «Dinni barpo qilinglar va unda tafriqaga tushmanglar, dedik», deydi. (13-oyat)Demak, Nuh, Ibrohim, Muso va Iyso alayhissalomlarga din yuborgan Alloh taolo, Muhammad alayhissalomga ham din yuborgan. Ularni payg‘ambar qilib tanlab olgan. Shu bilan birga, Alloh taolo tomonidan yuborilgan mazkur payg‘ambarlarga Alloh taolotomonidan bir xil farmon ham bo‘lgan. U farmon, «Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tushmanglar», degan amri ilohiydan iborat bo‘lgan. Albatta, bu e’lon dunyo dinlari tarixida yangi sahifa edi. Bu ma’noni Islomgacha biror din yoki tuzum e’lon qila olmagan edi. Ushbu qoidaga binoan, musulmonlarga barcha samoviy dinlarga Islomga iymon keltirgandek iymon keltirish farz qilingan. Agar musulmon kishi mazkur dinlardan birortasini inkor qilsa, ularga hurmatsizlik nazari bilan qarasa, dindan chiqadi.Shuningdek, musulmon inson Alloh taolo tomonidan yuborilgan payg‘ambarlarning barchasiga, ularga nozil qilingan kitob va sahifalarga birdek iymon keltirmog‘i, ulardan birortasini farqlab chetga chiqarib qo‘ymasligi lozimligi qattiq ta’yinlangan. Alloh taolo bu haqda musulmonlarga xitob qilib «Baqara» surasida:«Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yoqub, Asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso va Iysoga berilgan narsaga va payg‘ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birontasini farqlamaymiz va biz unga musulmonlarmiz», deb aytinglar» (136-oyat).Ushbu oyati karimaga binoan, har bir musulmon Alloh taolo tomonidan yuborilgan hamma payg‘ambarlarga Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgandek iymon keltirishi, Alloh taolo tomonidan tushirilgan kitoblarga Qur’oni karimga iymon keltirgandek iymon keltirish lozim. Agar ulardan birortasiga iymon keltirmasa yoki ularni behurmat qilsa, musulmonligi qolmaydi. Bu ham dunyo dinlari va tuzumlari tarixida ulkan yangilik edi.Lekin Islom mazkur masalada faqat aqiyda masalasidagi kengbag‘irlik bilan kifoyalanib qolmadi. Balki, hayotning barcha sohalarida ham turli din vakillari bir jamiyatda, birgalikda yashashlari uchun kerak bo‘lgan qonun-qoidalarini yo‘lga qo‘ydi. Misol uchun eng nozik masalalardan bo‘lmish oila va oziq-ovqat masalasini olib ko‘raylik. Hamma dinlar, hamma tuzumlar bu ikki masalaga alohida e’tibor beradilar. Islom esa, bu ikki narsaga hammasidan ham ko‘ra nozik ish sifatida qaraydi. Shundoq bo‘lsa ham turli din vakillari birga yashashlari, bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishlari, bir-birlarini mehmon qilishlarini hisobga olib musulmonlarga boshqa dindagi ayollar bilan turmush qurish va ular so‘ygan halol hayvonlar go‘shtini tanovul qilishni halol qildi. Alloh taolo bu haqda «Moida» surasida:«Bugungi kunda sizga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Afiyfa mo‘minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo‘lmish afiyfa ayollar ham (haloldir)» (5-oyat).Ushbu oyati karima hukmiga binoan, musulmon shaxs samoviy kitobga ega din ahllarining taomini tanovul qilsa va ularga o‘zi taom bersa, shuningdek, ularning ayollariga uylansa bo‘ladi.Musulmonlar jamiyatida yashashni xohlagan boshqa din vakillari «Ahli zimma» deb nomlanadilar. Ya’ni, musulmon jamiyati kafolatidagi kishilar, deganidir. zimma ahli uchun shaxsiy hurriyat, fikr erkinligi, aqiyda erkinligi, jon, mol, obro‘ va boshqa narsalar daxilsizligi to‘liq kafolatlanadi. Bu ma’nodagi umumiy qoida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:«Ularga bizga bo‘lgan imtiyozlar bor va ularga bizga qo‘yilgan majburiyatlar bor», deganlaridir. Demak, musulmonlar jamiyatida boshqa din vakillari ham xuddi musulmonlar ega bo‘lgan imtiyozlarga ega bo‘ladi va ularga yuklatilgan majburiyatlar oldida mas’ul ham bo‘ladi. Faqat Arabiston yarim orolida yashovchi arab mushriklarigina zimma ahli bo‘la olmaydilar. Ulardan Islomdan boshqa narsa qabul qilinmaydi. Bu alohida bir masala. Lekin shu masalani Islom dushmanlari noto‘g‘ri talqin qilib umumlashtirib yuborganlarini aytib o‘tishimiz lozim. Boshqa mushriklar, ya’ni, ahli kitob bo‘lmaganlar haqida esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Ularga ahli kitobga qilingan sunnatni qilinglar. Faqat ayollariga uylanmang va so‘yishlarini emagan holda», deganlar.Demak, samoviy bo‘lmagan kishilar o‘zlaricha e’tiqod qilib yurgan din vakillari ham to‘liq haq-huquqlarga egadirlar. Ushbu ma’nolarni Islom o‘n to‘rt asr ilgari, dunyoda birinchi bo‘lib joriy qilgan. Qandoq qilib joriy qilganini esa, quyida o‘rganamiz, inshaalloh.Islom dini dunyo tarixida ilk bor o‘z dini va e’tiqodidan o‘zga din va e’tiqodlarga qarshi mutaassibchilikdan xoliy bo‘lgan jamiyat qurdi. Bu jamiyat o‘z a’zolarining barchasiga barobar nazar bilan qarab, ularga teng sharoit yaratib berdi. Bu ma’nolar musulmonlar o‘z dinlariga to‘liq amal qilgan chog‘larida butun go‘zalligi ila namoyon bo‘ldi.Islom dini musulmonlarga boshqa samoviy dinlarga, ularning payg‘ambarlariga, muqaddas kitoblariga iymon keltirishni farz qilish bilan birga, o‘sha dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilarga yomonlik qilmaslik, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish, yaxshi qo‘shnichilik qilish, ziyofatga chaqirish, oilaviy aloqalar o‘rnatishga ham ijozat berdi. Shuningdek, Islom dini musulmon davlatga boshqa din vakilarining ibodatxonalarini himoya qilishni, ularning diniy-aqiydaviy masalalariga aralashmaslikni, hukmda ularga jabr qilmaslikni, ommaviy huquq va mas’uliyatlarda ularni musulmonlar bilan teng ko‘rishni, ularning barcha insoniy haq-huquqlarini muhofaza qilishni vojib qildi.Bu ma’noda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:«Kim zimma ahlidan bir kishining o‘ldirsa, jannatning hidini ham hidlamaydi. Albatta, uning hidi etmish yillik masofadan kelib turar», degan va«Kim bir ahdlashgan (g‘ayridin) kishiga zulm qilsa yoki uning haqqini poymol etsa yoxud uni toqati etmaydigan narsaga majbur qilsa yoki undan o‘z roziligisiz bir narsa olsa, qiyomat kuni men o‘sha odamning xusumatchisi bo‘laman» degan hadislarining o‘zi kifoya qiladi.Musulmonlar jamiyatida yashayotgan g‘ayridin kishi uchun bundan ham ortiq kafolat bo‘lishi mumkinmi?!Aytilayotgan ma’nolar quruq gap emasligi isboti tarzida voqe’likdagi hujjat-dalil va misollarga nazar solaylik. Payg‘ambar alayhissalom Madinaga hijrat qilganlaridan so‘ng u erdagi yahudiylar bilan ahdnoma tuzib, tinch-totuv va jamiyat manfaati uchun hamkorlikda yashash asoslarini belgilab, unga amal qilib yashadilar. Muhammad alayhissalom boshqa din vakillari bilan shaxsan yaxshi aloqada bo‘lar, ularga go‘zal muomala qilar edilar. Jumladan, ularga hadiyalar berib, ular tomonidan qilingan hadiyalarni qabul qilib ham olar edilar.Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam boshqa din vakillari tomonidan hadya qilingan kiyimlarni kiyib yurganlari ma’lum va mashhur. Bu ma’no, hatto ba’zi o‘zini bilmagan kishilar tomonidan su’istemol qilingani ham ma’lum. Ul zot sollallohu alayhi vasallam bir yahudiy ayol zahar solib bergan qo‘y go‘shtini eb zaharlanganlari hech kim uchun sir emas.Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Habashistondan kelgan nasroniy mehmonlarni o‘z masjidlariga tushirganlar va «Ular bizning sohiblarimizni hurmat qilgan edilar. Men ularni o‘zim ikrom qilishni xush ko‘raman, deb shaxsan o‘zlari ularga xizmat qilganlar.Shuningdek, u zot sollallohu alayhi vasallam Najron nasorolari guruhini ham o‘z masjidlariga tushirganlar va u erda ibodatlarini qilishga ruxsat berganlar.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin Islom davlatiga boshliq bo‘lgan shaxslar ham boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik siyosatini davom etdirganlar. Hazrati Umar Baytul Maqdisga kelganlarida u erdagi masiyhiy dinidagi aholining shartlarini qabul qilgan holda ahdnoma tuzganlar. G‘ayridinlarga berilgan kenglik, omonlik va hurriyat borasida zarbulmasal bo‘lgan mazkur axdnomaning matni quyidagicha:«Bismillahir rohmanir rohiym. Ushbu Allohning bandasi, amirul mo‘miniyn Umar tomonidan Iliyo ahliga berilgan omondir. Ularning jonlariga va mollariga, kanisalari va butlariga, shaharning bemoru sog‘ barcha millatiga omonlik berur. Ularning kanisalarida birov istiqomat qilmas va ularni buzilmas. Ularga va ularga tegishli joylarga, shuningdek, ularning butlariga va molu mulklariga hech bir narsaga nuqson etkazilmas. Ularning birortasiga hech kim qasdan zarar etkazmas. Iliyoda ular bilan birorta ham yahudiy birga yashamas. Iliyo ahli ham, Madoin ahli kabi, jiziya o‘tarlar. Ular u erdan rumliklar va o‘g‘rilarni chiqarishlari kerak. Ulardan kim boshqa tomon chiqsa, tinch joyiga etib olguncha joni ham, moli ham omonda bo‘lur. Kim turib qolsa, omonlikdadir. U ham Iliyo ahli mislicha jiziya o‘taydi. Iliyo ahlidan jonini va molini olib, ibodatxonasi va butlarini qoldirib rumliklar bilan ketmoqchi bo‘lganlarning o‘zlariga ibodatxonalari va butlariga tinch joylariga etib olgunlaricha omonlik berilur. Falonchining o‘ldirilishigacha er egasi bo‘lganlardan kim o‘tirib qolishni xohlasa, qolib, Iliyo ahli kabi jiziya o‘tasin. Xohlaganlar rumliklar bilan ketsin. Kim xohlab o‘z ahliga qaytib kelsa, hosilni yig‘ib olgunlaricha ulardan hech narsa olinmaydi. Ushbu yozilganlarga Alloh taoloning ahdi, Uning Rasulining, xalifalarining va mo‘’minlarning zimmasi bo‘lur. Agar Iliyo ahli o‘zlariga belgilangan jiziyani o‘tasalar.Ushbuga Xolid ibn Valid, Amr ibn Oss, Abdurrahmon ibn Avf, Muoviya ibn Abu Suf-yon guvoh bo‘ldilar. O‘n beshinchi sanada yozib, tarix qilindi».Hazrati Umarga nasorolarning patriarxi o‘sha erning bosh kanisasida Asr namozini o‘qib olish mumkinligini aytgan. Ammo, hazrati Umar roziyallohu anhu, men bu erda namoz o‘qisam, keyin boshqa musulmonlar ham, Umar namoz o‘qigan joyda namoz o‘qiymiz, deb sizlarni bezovta qiladilar, deb u erda namoz o‘qimaganlar.Misrlik bir masiyhiy ayol Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga Misr voliysi Amr ibn Oss uning hovlisini masjidga qo‘shib olgani haqida shikoyat qiladi. Surishtirilganda, ayolning hovlisining puli ortiqcha narxi ila Baytul molda turgani ma’lum bo‘ladi. Shundoq bo‘lsa ham hazrati Umar yangi masjidni buzib, masiyhiy ayolga hovli-joyini tiklab berishga amr qiladilar.Misr, Suriya, Iordaniya, Eron kabi davlatlarda Islom 14 asrdan ko‘p muddat hukm surayotgan bo‘lsa ham tub aholining Islomni qabul qilishni xohlamagan qismi hozirgacha o‘z dinida turganligi Islom dininng boshqa dinlarga nisbatan bag‘ri kengligidandir. Hindiston va Livan kabi yurtlarda musulmonlar uzoq vaqt hukm yuritganlariga qaramay, ozchilikni tashkil qilishlari esa, fikrimizni yana ham quvvatlaydi.Shariatni yaxshi tushungan Islom davlatlarda turli vazifalar kishining diniga yoki mazhabiga qarab emas, shaxsiy qobiliyatiga, vazifani bajarish saviyasiga qarab berilar edi. Mashhur xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhuning shaxsiy tabibi Ibn Assol ismli nasroniy tabib bo‘lgan. Uning kotibi esa «Sahnun» ismli masiy-hiy bo‘lgan. Xalifa Marvon ibn Hakam Atanasiyus ismli nasroniy kishiga Misrda davlat mansablarini bergan va u oxiri kelib davlat devonlari raisi mansabiga ega bo‘lgan.Bu haqiqatni ko‘plab ajnabiy tarixchilar ham tan olib, kitoblariga havas bilan yozganlar. Misol uchun Mark Says Horun ar-Rashid davridagi Islom davlati vasfida quyidagilarni yozadi: «Masiyhiylar, butparastlar, yahudiylar va musulmonlar bab-barobar hukumat xizmatida ishlar edilar».Ilmiy bahslar, izlanishlar va mansablar haqida ham xuddi yuqoridagi fikrni aytish mumkin. Musulmon jamiyatida kishilar dini va mazhabidan qat’i nazar teng sharoitda yashab, ijod qilishar edilar. Xalifa Ma’mun o‘z akademiyasiga turli din va mazhab sohiblari bo‘lgan olimlarni to‘plagan, ilmdan nimani xohlasangiz bahs qilaveringlar, faqat toifachilik mushkiloti kelib chiqmasligi uchun biringiz o‘z diniy kitobidan dalil keltirmasa bo‘ldi», degan edi.Islomdagi bundoq ilmiy kengbag‘irlikni vasfida mashhur amerikalik olim janob Draber quyidagilarni yozgan edi: «Xulofalar davridagi avvalgi musulmonlar Nestoriy nasorolari va yahudiylardan bo‘lgan olimlarni ehtirom qilish bilan kifoyalanib qolmaganlar. Balki, ularga ulkan ishlarni ishonib topshirganlar. Ularni davlat mansablariga ko‘targanlar. Hattoki, Horun ar-Rashid barcha madrasalarni tekshirib turishni Halno ibn Mosavayhga topshirgan. Olimning yashagan yurtiga, uning diniga qaralmas edi. Faqatgina uning ilm va ma’rifatdagi makonatiga qaralar edi».Bu ma’noda har qancha gapirsak shuncha oz. Lekin, yana bir narsaga ishora qilmog‘imiz lozim. Islomning boshqa dinlarga nisbatan bag‘rikenglik siyosati, nafaqat boshqa dinlarning bir-birlariga nisbatan, balki bir dinning turli mazhablari orasidagi munosabatlaridan ham yaxshi edi. Bu fikrning dalili sifatida islomiy manbalarga emas, Anatoliya patriarxi Buyuk Mixailning gaplaridan iqtibos:«Shu sababdan quvvat va jabaruttda yolg‘iz bo‘lgan, basharning davlatini qandoq xohlasa shundoq ketkazib, kimga xohlasa shunga beradigan, pastni oliy qiladigan intiqom xudosi, quvvatni ishga solgan, kanisalarimiz tortib olgan, barcha rohibxonalarimizni o‘ziniki qilib olgan, bizni berahimlik ila shaf-qatsiz ravishda iqobga duchor qilgan rumliklarning sharrini ko‘rganidan keyin janubdan Islom o‘g‘illarni (musulmonlarni) bizni ularning qo‘li ila rumliklarning changalidan qutqarish uchun yubordi. Haqiqatda, biz katolik kanisalarini qo‘limizdan tortib olinishi va ularni Xalqidaniya ahliga berilishi tufayli yutqazgan bo‘lsak ham kanisalar ularni qo‘lida turgan edi. Shaharlar arablarga tobe’ bo‘lganida so‘ng, ular har kimning qo‘lidagi kanisani o‘ziga xos qilib berildi. O‘sha vaqtda Himsning katta kanisasi va Harronning kanisasi bizdan tortib olingan bo‘lishiga qaramay, rumliklarning shafqatsizliklaridan, ozorlaridan, bizga qarshi hiqdi hasadlaridan qutilib, omonlik va tinchlikda bo‘lishimiz oson emas edi».Mashhur tarixchi Belazuriy «Futuhul Buldon» kitobida Abu Hafs Dimashqiy Sa’id ibn Abdulazizdan rivoyat qilgan quyidagi gaplarni keltiradi:«Gerakl musulmonlarga qarshi ko‘plab askar to‘plab, Yarmuk tomon bostirib kelayotganidan xabardor bo‘lgan musulmonlar Hims ahliga ulardan olingan xarojni qaytarib berdilar va: «Sizlarni himoya qilishdan mashg‘ul bo‘lib qoldik, o‘zingiz bir ish ko‘rarsizlar», deyishdi. Hims ahli esa:–Albatta, sizlarning voliyligingiz va adolatingiz biz uchun o‘zimiz yashab turgan zulm va istibdoddan yaxshidir. Sizga qo‘shilib shaharni Gerakl lashkarlaridan mudofaa qilamiz», dedilar.Shunda yahudiylar ham turib:–Tavrotga qasamki, Geraklning omili faqat biz mag‘lub bo‘lib, tugamagunimizcha Hims shahriga kirmas,–deyishdi. Darvozalarni yopib, qo‘riqlasha boshlashdi. Musulmonlar bilan sulh tuzgan boshqa sha-harlarning nasoro va yahudiylari ham shundoq qilishdi. Ular, agar rumliklar musulmonlardan g‘olib kelsa, avvalgi hol boshimizga yana keladi. Shuning uchun, modomiki musulmonlarning dushmani bor ekan, ushbu ishda mahkam turamiz, deyishdi.Alloh taolo kofirlarni mag‘lub, musulmonlarni g‘olib qilgandan so‘ng, ular shaharlarining darvozalarini ochishib, xarojni o‘tadilar».Ha, Islomga amal qilmaslik faqat musulmonlarga emas, balki butun dunyoga zarar keltirishini shu mavzu’dan fahmlab olsak ham bo‘ladi. Bu haqiqatni eng avval musulmonlar tushunib etmoqliklari lozim. Vallohu a’lam.
27 May 2022, 04:00 | Savol-javoblar | 192 | Aqiyda