Burin oqishi

Assalomu alaykum! Hozir qishni kuni tabiyki sovuqda burin qishi tabiiy, namoz o‘qiyotganimda burnim oqdi, bir kishi bu holda jamoatga kelma dedi. Bunda burnim oqishi jamoatda namoz o‘qimasligimga sabab bo‘la oladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Cho‘ntagingizga ro‘molcha yoki salfetkalardan solib oling. Namoz vaqtda cho‘ntakdan olib bemalol artib olsangiz ham namoz buzilmaydi. Bir necha marotaba takror qilsangiz ham buzilmaydi. Bitta qo‘lda artishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar