Al-Buxoriyni farzandi yo‘q-ku

Assalomu alaykum! Al Buhoriyni to‘liq ismi - "Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy". Lekin hayoti va ijodini ko‘p joyda o‘qib ko‘rdim ayoli va o‘g‘li bo‘lganini o‘qimadim. Unda nega Abu Abdulloh deb kunya berilgan? Abdulloh degan og‘li boganmi? nega unda hech qaerda yozilmagan bu haqda? Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Abu Abduloh Muhammad ibn Ismoil Ibn Ibrohim ibn Mug‘iyra ibn Bardezbah Ju’fiy Buxoriy 810 yil (194- xijriy shavvol oyidan 13 kun qolganda) Buxoro shahrining hozirgi   “Xo‘ja Zayniddin” mavzesi “Imom al-Buxoriy” mahallasida tavallud topgan. Imom Buxoriy hazratlarining ismi Muhammad bo‘lib, otalarining nomi Ismoil ibn Ibrohimdir. “Abu Abdulloh” buyuk Muhaddisning kunyasi bo‘lib, “Abdullohning otasi” degan ma’noni anglatadi. Tadqiqotchilar tomonidan bugungi kunga qadar ulug‘ ajdodimizning farzandi bo‘lmaganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra,  olimning hadis ilmidagi buyuk xizmatlari sabab “Abu Abdulloh” ya’ni , “Qiyomatga qadar keladigan jami’ mo‘’min-musulmonlaring otasi sifati berilgan. Tarixiy asarlarda Imom Buxoriyning uylanganligi va farzandlari borligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Imom Zahabiyning “Siyar a’lam an-nubalo” (“Buyuk siymolar siyrati”) kitobida Imom Buxoriy zamondosh bo‘lgan xurosonlik  olim Muhammad ibn Abu Hotam rahmatullohi alayh bilan buyuk muhaddisning suhbatlari keltirilgan. Asarda qayd qilinishicha, Imom Buxoriy hazratlari Muhammad ibn Abu Hotamga: “Mening bir  yaxshi qo‘shnim va ayolim (oilam) bor. Sen esa haligacha uylanmagansan”, deya yaxshi qo‘shni va soliha ayol musulmon kishining ziynati ekanligini uqtirganlar. Ma’lum bo‘lmoqdaki, Imom Buxoriy uylangan va u zotning oilalari va uylari bo‘lgan.  Imom Zahabiyning “Siyar a’lam an-nubalo” (“Buyuk siymolar siyrati”), Tojiddin Subukiyning “Tabaqot us-Subukiy” va Ibn Hajarning “Hadyu as-Soriy” asarlarida Imom Buxoriyning Ahmad ismli o‘g‘li bo‘lganligi qayd qilingan.   Asarda Badr ibn  Munirning aytganiga ko‘ra, buyuk muhaddisning o‘g‘li Ahmad  otasi Imom Buxoriyga yuk jo‘natganligi qissasi keltiriladi. Al-Ujuliy o‘zining “Izoat ul- badrayn” asarida Imom Buxoriyning uylanganligi va farzandlari borligi haqida qat’iy ishonch bilan fikr yuritgan.  Imom Abu Abdulloh Al –Hokimning  “Ma’rifatu ulum ul-hadis” (“Hadis ilmi ma’rifati”)  asarida Imom Buxoriyning qiz farzand borligi ta’kidlangan. Vallohu a’lam!https://naqshband.uz/makolalar/imom_buxoriyning_farzandlari

11 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 177 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar