Xaj amalini

Assalomu alaykum xurmatli shayx xazratlari Allox kilaetgan ishlarizdan rozi bulsin, sizga savolim bor edi. 2008 yil xaj amalini bajraetgan vaktda xaitni birinchi kuni shaytonga tosh otib bulib Kaabaga kelib tavof kildik sung mexmon xonaga borib gusl kilib yana minoga ketidik. Bir odam sizlar mexmon xonaga borib jinoyat sodir kildilar deb aytdi, endi kuy suyshingiz kerak deb aytdi. Biz rostdan jinoyat kildikmi, agar kilgan bulsak maslaxat bering nima kilish kerak? Oldindan javobingiz uchun raxmat Allox rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tosh otgandan keyin tavofga borgan bo‘lsalaringiz mehmonxonaga borish jinoyat emas. Minoda tunni o‘tkazilsa bo‘ldi.

5 May 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 165 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar