Junub holatida imomlikka o‘tish

Assalomu alaykum! Junub holatida ekanligi esidan chiqib g‘usl qilmasdan, tahorat olib, namozda imomlikka o‘tib qo‘ysa, biroq keyin esiga tushib g‘usl olib namozini o‘qisa, ergashganlar (jamoat) ham qaytattan o‘qishi kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytadan o‘qishlari shart. Imom bo‘lgan aytib qo‘yishi kerak. Tafsilotini aytib o‘tirish shart emas, tahoratim yo‘q edi ekan desa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar