Qo‘lda kraska yoki moy bo‘lsa tahorat va g‘usl
Assalomu alaykum! Men mashina ustaxonasida ishlayman, qo‘limni yuvsam xam barbir ozroq qorasi qoladi ba’zi joylarida. Shu xolatda xam g‘usl o‘taveradimi yoki qorasi umumun qolmaguncha yuvishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi gaplarga asosan imkon qadar ketkazishga harakat qilasiz. Ketishi qiyin bo‘lgan holatda bo‘lsa joiz bo‘ladi. أَنَّ الظُّفُرَ إذَا كَانَ طَوِيلًا بِحَيْثُ يَسْتُرُ رَأْسَ الْأُنْمُلَةِ يَجِبُ إيصَالُ الْمَاءِ إلَى مَا تَحْتَهُ وَإِنْ كَانَ قَصِيرًا لَا يَجِبُ . وَلَوْ طَالَتْ أَظْفَارُهُ حَتَّى خَرَجَتْ عَنْ رُءُوسِ الْأَصَابِعِ وَجَبَ غَسْلُهَا قَوْلًا وَاحِدًا«Tirnoq barmoqning uchini yopib turadigan darajada uzun bo‘lsa, tirnoq ostiga suv etkazish vojib bo‘ladi. Agar qisqa bo‘lsa (o‘z-o‘zidan suv etganligi tufayli) etkazish vojib bo‘lmaydi. Agar tirnoqlar o‘sib, barmoq uchlaridan o‘tib ketsa, ijmo’ga ko‘ra tirnoqni (uning ustki va ostki qismini) yuvish vojib bo‘ladi» (Fatvoi hindiya).
Savol: Novvoy, bo‘yoqchi va loy bilan ishlovchi ustalarning tahoratda yuviladigan a’zolariga xamir, bo‘yoq yoki loy yopishib, ostiga suv etmay qolsa, tahorati joiz bo‘ladimi? فِي فَتَاوَى مَا وَرَاءَ النَّهْرِ إنْ بَقِيَ مِنْ مَوْضِعِ الْوُضُوءِ قَدْرُ رَأْسِ إبْرَةٍ أَوْ لَزِقَ بِأَصْلِ ظُفْرِهِ طِينٌ يَابِسٌ أَوْ رَطْبٌ لَمْ يَجُزْ «Agar tahoratda yuviladigan joylarda ignaning uchi miqdoricha joyga suv tegmay qolsa yoki tirnog‘iga nam yoki quruq loy yopishib qolib, uning ostiga suv etmay qolsa, tahorat joiz bo‘lmaydi» (Fatavoi Movarounnahr).وَمَا تَحْتَ الْأَظَافِيرِ مِنْ أَعْضَاءِ الْوُضُوءِ حَتَّى لَوْ كَانَ فِيهِ عَجِينٌ يَجِبُ إيصَالُ الْمَاءِ إلَى مَا تَحْتَهُ «Tirnoqning osti ham tahoratda yuvilishi lozim bo‘lgan a’zolardandir. Agar unga, masalan, xamir yopishib qolsa, uning ostiga suv etkazish vojib bo‘ladi» (Xulosatul fatavo). وَالْخِضَابُ إذَا تَجَسَّدَ وَيَبِسَ يَمْنَعُ تَمَامَ الْوُضُوءِ وَالْغُسْلِ «Bo‘yoqning o‘zi yopishib qotib qolsa, tahorat va g‘uslning mukammal bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi» (Fatvoi hindiya). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar