Darslar ko‘payganda namoz
Assalomu alaykum! Namoz boshlaganimga bir oydan o‘tdi. Boshlagan vaqtim yoz fasli edi. O‘zim institutda tahsil olaman. Bizning institutda o‘zgacha sistema tufayli darslar ko‘paytirilgan. Darslarimiz 16 yoki 17 larda tugaydi. Peshin namoziga ulgura olmayapmiz. Diniy ilmda mendan yuksakroq bo‘lgan do‘stimdan peshin namozini asrgacha o‘qisa bo‘ladimi deb so‘rasam "Xa bo‘ladi ammo asrga 30 daqiqa qolgunigacha o‘qish kerak" deb aytdi. Savolim quyidagicha : Xaqiqatan xam 30 daqiqa qolgunigacha o‘qish lozimmi yoki buning axamiyati yo‘qmi? Rost bo‘lsa avvalgilari qazo bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asrning vaqti kirgunicha o‘qib olinsa bo‘ldi. Peshin hozirgi kunda 12:20larda kirayapti. Vaqti kirishi bilan o‘qib olsangiz ham bo‘ladi. Soat 13:00ni kutib o‘tirmang. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 134 | Namoz