Tish qonasa taxoratni buzadimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, taxoratga niyat qilib taxoratni boshlashim bilan og‘izga suv olib chaysam tishim qonashni boshlaydi. Bu xolat ko‘p kuzatiladi, xatto taxoratni oxirida xam tishlarim qonaydi, lekin agar shu xolat g‘uslda bo‘lsa nima bo‘ladi? Xatto tish qonshini to‘xtatadigon pastalar ishlataman, lekin boshqa paytlari taxorat bilan yursam xam tufirgiga qo‘shilib qon chiqadi. Tufirgan paytim tufirgini rangi bu xolatda xam taxoratda xam qizil bo‘ladi. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usl uchun badanni boshidan oxirigacha bir bor suv tekazsa kifoya. Orada tahoratni sindiradigan biror ish sodir bo‘lsa ham g‘usl ado bo‘laveradi. Albatta ayni o‘sha g‘uslning o‘zi bilan namoz o‘qilmaydi. Namoz o‘qish uchun ustiga bitta tahorat qilinadi. Bu xuddi mayyitni g‘usl qildirgani kabidir. Unda g‘usl mobaynida ichidan najosat chiqishi, jarohatlaridan qon chiqishi kuzatiladi. Shunda ham g‘uslni qaytadan boshlamay davom ettirilaveradi. Tish qonasa tahorat sinadi, namoz o‘qish uchun albatta tahorat qilish shart. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 367 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar