Nikohni guvohlarsiz o‘qish

Mening bir tanishim nikoh o‘kitgani ilmli kishini izlab yurganida, bitta Bahrom mulla degan odamni ko‘rsatib, o‘sha odam o‘qiydi deyishibdi. Tanishim bu 76 yoshda bo‘lgan odamni uyiga chaqirib kelib “guvohlarni kutaylik” desa, u mulla “hozir nikoh marosimlari guvohsiz o‘qiladi” debdi. Og‘aynim unga ishonmay ikkita ayol kishini topib kelib, shu mullaga nikohni o‘qittiribdi. Lekin mulla nikohdagi mahr va kelin kuyov roziligi, iymon va shahodat kalimalarini ayttiribdi va guvohlardan ham “eshitdingizlarmi?” deb so‘rab, tasdiqlabdi. Endi savol: Shu nikoh durustmi yoki boshqatdan o‘qish kerakmi? Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U Bahrom mulla emas, pulla ekan. Aygan gaplari noto‘g‘i. Guvohsiz nikoh bo‘lishi mumkin emas. Agar o‘sha Bahrom pullaning o‘zini ham guvoh deyilsa, yana ikkita ayol guvoh bo‘lsa, bo‘ladi. Ammo mahr va boshqa nikohga oid ishlarni biladigan haqiqiy ilmli kishi bilan ishni qayta ko‘rish kerak.

26 May 2022, 18:19 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar