Livegood biznesi

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda biznes turlari ko‘payib ketyapti. Har biri boshqa nom bilan atalsada yo‘nalish asosan piramida ya’ni tarmoqli marketing. Yangi chiqqan LIVEGOOD bisnesini tarmoqli marketing emas, xalqaro ehson deb nomlab halol deyishmoqda. Lekin mening tushunishimcha piramida bo‘yicha ishlaydi. Shuning ishlash yo‘nalishi haqida surishtirib halol yoki xaromligini xalqga e’lon qilsangiz, chunki ko‘p odam ishlamay ko‘p pul topishga qiziqib a’zo bo‘lishmoqda, inshaallah hamma uchun foydali bo‘lardi. Rizq masalasi jiddiy masala, sodda xalqimiz aldanib xarom rizq topishmasin deyman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu turdagi faoliyatlar harom. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 14:25 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar