Zinodan tiyilish va Hotinning oiladagi haqlari

Assalomu alaykum! Ota-onam o‘rtasida turli hil kelishmovchiliklar mavjud. Oilamizda tez-tez janjal bo‘lib turadi. Bunga sabab ikkita. Onam o‘zi mehnat qilib topgan pulini o‘zim ishlatishga haqliman deydi. Otam onamni pulini rosa so‘rayveradi. Onam 20 yildan beri oylik pulimni so‘rab olaveradi deydi. Otam nomahram ayol lardan hech tiyilmaydi ko‘chadagi nomaxram ayollar ni hojatini chiqarish ni yaxshi ko‘radi yu onam ga esa yo‘q. Bizga pul sarflasa kayfiyat i buzilib ketadi. Onamga yoqmagan tarafi 20 yildan beri shunday qiladi deb hafa bo‘ladilar. Nomaxramlarga zo‘r momila o‘z ayoliga esa nega kam pul topasan deb erga uradi. Nima qilsak bo‘ladi shu masalada.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Onangiz o‘z mulkini xohlagancha tasarruf qilish huquqiga ega.2). Otangizga so‘zi o‘tadigan yoshi katta kishilar va ahli ilmlardan yordam so‘rang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar