“IMOMLIK KASB EMAS ShARAFLI VAZIFA" deb nomlangan maqolani o‘qib
Assalamu alaykum Shayx Hazratlari! Yaqinda Toshkent shahridagi bir masjid imomi shu savolni sizdan so‘rab berishimni iltimos qildilar.U kishining aytishlaricha ISLOM NURI gazetasining 6-soni 2-sahifasida Novza masjidi imomi Jaloliddin domla “IMOMLIK KASB EMAS ShARAFLI VAZIFA" deb nomlangan maqolani chiqaribdilar. Imomning aytishlaricha, shu maqolani ko‘tarib kirib ba’zi odamlar siz imomlar oylik olmasligingiz kerak ekan. Mana maqola, imomlik kasb emas ekan, deb xiralik qilishyapti ekan. Tushuntirishlar befoyda ekan. Hatto imom domlaga Farg‘onadan tanish imomlar telefon qilib sizlarda nima gap bizni omi halq shu maqola bilan bezovta qilayapti deyishibdi. Eng achinarlisi bir imom shu gapni ko‘tara olmay ariza yozib ishdan ketibdi. Men o‘zim maqolani qayta-qayta o‘qib chiqdim, lekin maqola juda to‘g‘ri yozilgan, ortiqcha gap yo‘q. Buni imom domla ham ta’kidladilar. Lekin sarlavha oddiy odamlarni shu fikrga kelishiga sabab bo‘lgan menimcha. Imom aytdilarki, agar Shayx Hazratlari shu narsaga o‘z fikrlarini bildirib bir maqolami yoki video rolik tayyorlasalar, biz ba’zi nodonlarga ko‘rsatar edik dedilar. Ular buni tushuntishga harakat qilishsa ular tushunishni istamay har-hil gap aytishayotganmish. Uztoz oldindan sizga rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ming afsuski, nodonlar va g‘arazgo‘ylar tirnoqning ostidan kir axtaradilar. Hozirgi kunda imom domlalarga osiladiganlar juda ko‘paygan. Ayniqsa, imom domlalarga tushadigan daromad haqida juda ko‘p g‘iybatlarni qilishadi. Bu gapni o‘zbek tilida eshittirish olib boradigan chet el radiolardan ba’zilari va bemazhablar shavq va zavq hamda mubolag‘a bilan turli taraflarga tarqatishga ishqibozlar. Maqolaning muallifi o‘zi imom domla. Maqolani imomlikni sharaflash va imomlarning ruhiyatini ko‘tarish maqsadida yozganlar. Ammo g‘arazgo‘ylik o‘z egasini ko‘r va kar qilib qo‘yadi. Imomlikka haq olish borasida barcha ulamolar joiz degan fatvoni chiqarganlariga ming yil bo‘ldi. Muhtaram imom domlalarimiz mazkur g‘arazgo‘ylarning gaplariga e’tibor bermasinlar. Alloh taoloning O‘zi ko‘rib, bilib turibdi va U Zotning O‘zi hisob kitobni ham qiladi. Sevikli payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo alayhissalom "Ulamolar anbiyolarning merosxo‘rlaridir" deganlar. U Zot yana "Kim olimimizning qadrini bilmasa, bizdan emas" deganlar.Ushbu ayanchli munosabat ila barcha din qardoshlarimizni barcha ulamolarimizni, imom domlalarimizni ehtirom qilishga, ularning duolarini olishga urinishga chaqiramiz.
4 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar