Ota taglikni alishtirish bilan o‘tganlarga yig‘lash savoli
Assalomu alaykum! Alxamdulillax 1 yoshli qiz farzandim bor. Zaruriyat yuzasidan ota o‘z qizini yuvintirib tagligini alishtirsa bo‘ladimi? Bunda qizining avratiga ko‘z tushib qolsa? 2). Ona farzandini, ayol erini "suyangan tog‘im deyish" mumkinmi? "Suyangan tog‘imdan ayrilib qoldim" deb faryod solib yig‘lashichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Balog‘atga yoshiga yaqinlashguncha ota-ona farzandlarini avratiga qarashligida hech qanday zarara yo‘q. Xususan 1 2 yoshli bo‘lsa. 2). Hadisda bundan qaytarilgan. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَيْسَ مِنَّا مَنْ ضَرَبَ الْخُدُودَ، وَشَقَّ الْجُيُوبَ، وَدَعَا بِدَعْوَى الْجَاهِلِيَّةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim yuzlariga ursa, yoqalarini yirtsa va johiliyat da’vati ila chaqirsa, bizdan emas», dedilar».
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda birov o‘lganida uning yaqin qarindoshlari o‘zini qayg‘uli qilib ko‘rsatish uchun o‘zini o‘zi urib, kiyim-boshlarini yirtib, «Voy, suyangan tog‘im, ishongan bog‘im», «Falonim, pistonim», deb, Islomga to‘g‘ri kelmaydigan gaplarni aytib, dod solib yig‘lashi haqida so‘z ketmoqda. Bularning hammasi nihoyatda yomon ishlar bo‘lganligi va musulmon odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaganligi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday qilganlarni «bizdan emas», demoqdalar. Bu nihoyatda og‘ir gap, ya’ni «bizdan emas» deganlari musulmonlardan emas, deganlaridir.
Ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘pgina o‘lkalarda hozirgacha ushbu hadisi sharifga amal qilmay kelinmoqda. Kishilar, xususan, ayollar boshqalarning johiliyat o‘lchovi bilan aytadigan gaplaridan qo‘rqib, o‘zlarini johiliyat ishiga urib, yuzlarini yulib, qonatadilar, kiyimlarini yirtadilar. Hushlaridan ketib qolgunlaricha dodu faryod soladilar. Mo‘min-musulmon odam umuman og‘ziga olib bo‘lmaydigan gaplarni aytib, yig‘laydilar.
Aslida ushbu hadisga amal qilgan holda man qilingan ishlarni mutlaqo qilmaslik kerak. O‘lgan kishi haqida qayg‘urishning islomiy, savobli yo‘llari bor, o‘shalarni qilish lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush