Harom so‘zi bilan taloq tushadimi?
Assalomu alaykum! Xotinimga jahl ustida "harom" deb haqorat qildim. Bu bir marta bo‘lgan. So‘ngra yana shunday janjallarni birida bolalarimga "onang harom" deb aytganman (bir marta aniq aytganman, keyin yana aytganim esimda yuq). Kanalingizni o‘qib, xato qilganlarimni tushunib etdim. Endi juda katta pushaymondaman, tovba qildim barcha so‘zlarimga. Savolim: 1) Xotinimga "harom" deb haqorat qilganimda 1-taloq tushganmi? 2) Agar tushgan bo‘lsa, bolalarimga "onang harom" deganimda 2- taloq tushganmi ? 3) Xotinimga bir marta aytganman "harom" so‘zini, agar bolalarimga 2 marta "onang harom" degan bo‘lsam 3 taloq bo‘lib qoldimi? 4) Agar faqat xotinimga aytganda taloq tushgan bo‘lsa, qayta nikoh o‘qitib olaylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Harom” deyishdan maqsadingizga bog‘liq. Agar “sen menga haromsan” yoki farzandingizga “onang manga harom” degan ma’noda aytilgan bo‘lsa taloq tushadi. “Harom” bu haqorat, “haromsan” deyish bu o‘ziga xotinini harom qilish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib nima ma’noda aytganingizga qarab taloq tushadi yoki tushmaydi. Bir taloq tushganda agar ayolning iddasi chiqib ketmagan bo‘lsa, er “qaytib oldim” deyishi yoki qo‘lini ushlash, shunga o‘shshagan ish qilish bilan nikoh tiklanib ketaveradi. Taloq masalasi nozik masala, unda javob beruvchi holatni aniqlash uchun savollar berishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun taloq masalalarini ikki taraf, guvohlar huzurida taloqni puxta biladigan ahli ilm odam tarafidan echilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yaqiningizdagi bir ahli ilmga borib, masalani to‘liq bayon qilib javobini bilib oling. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 20:30 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush