Taom Isrofiga oid masala
Assalomu alaykum varohmatullohi va barokatuh. Bizga Islomni hidoyat yo‘li qilib bergan Allohga bitmas-tugalmas hamdlar bo‘lsin va Sayyidimiz Muhammad :saw ga beadad salotu salomlar bo‘lsin. Qadrli Ustoz, sizga hozirda biz ro‘baro kelayotgan bir muammo bo‘yicha savol bermoqchi bo‘lib turibmiz. Agar beodoblik yoki qaytarilish sodir bo‘lgan bo‘lsa bizni afv etasiz degan umiddamiz. Savolimiz quyidagicha:Hozirda biz chet elda bir o‘zbek oshhonasini yurgazib, savdo qilib turibmiza alhamdulillah. Haridorlar va iste‘molchilarimiz ham chet el fuqarolari yani turli hil millat egalari. Taom sotish jarayonida, ko‘pgina haridorlar taomlanib bo‘lganlaridan so‘ng ba‘zida bir kishi to‘yadigan yoki bo‘lmasa isrof bo‘ladigan darajada taomlar ortib qoladi. Albatta biz iste‘molchilarni ogohlantirib ohirigacha, yani shariat talab qilganicha taomlarfini isrof qilmaslikka chaqiramiz va eslatamiz. Ammo shunga qaramasdan ko‘p hollarda taomlarni isrof bo‘lishiga sabab bo‘ladilar. Shunday holatlarda biz ham nima qilishni bilmay, ikkilanib qolyapmiz ya‘ni ushbu ortib qolgan taomni tashlab yuborish kerakmi yoki uni o‘zimiz tanovvul qilib qo‘yishimiz kerakmi deya. Agar olib qaraydigan bo‘lsak, u taom bir iste‘molchining moli evaziga sotib olingan, va uning rizqidir. Agar biz tanovvul qilsak, U holda U insonningning (iste‘molchining) molini botil yo‘l ila egan bo‘lmaymizmi?Kambag‘al yoki miskinlarga beraylik desak, deyarli atrofimizda taomga zorlar yo‘q. Shu sabab bu ishimizga oydinlik kiritib bersangiz degan maqsadda sizga murojaat qilayotgan edik. Iltimos, shariat talab qilgan yo‘lni bizga etkazib bersangiz.Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh barchamizni ikki dunyoda aziz va mukarram qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularning o‘zlari rozi bo‘lib qoldirib ketgan taomni esangiz, gunohkor bo‘lmaysiz. Sizlar oshib qolgan taomni egasiga solib beradigan paketlar qilinglar. Ko‘p davlatlarda bu yo‘lga qo‘yilgan. Kirganlarida ortib qolgan taomingizni paket qilib berish imkonimiz bor deb aytiladi. O‘zi istasa, paketga solib beriladi. Yana bahzi muhtojlarga yordam beradigan tashkilotlar bilan kelishsangiz ham bo‘ladi. Iloji boricha uvol bo‘lmasligiga harakat qilinglar.
5 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar