Irim sirimlar

Assalomu alaykum! Chigal sochlarni aslo yoqib bo‘lmaydi, do‘zaxda yonasan deyishadi kattalar. Tirnoqni ham quyosh ko‘rmaydigan joyda olish kerak yoki ostonada olib bo‘lmaydi kabi gaplar bor. Shu kabi fikrlar asoslimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayol kishining sochlari avrat bo‘lgani uchun uni to‘kilganlari ham avrat hisoblanadi. Sochlarni ham olingan tirnoqlarni ham ko‘mish kerak. Imom Tabaroniy, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch va tirnoqlarni ko‘mishga buyurganlar” deb rivoyat qilganlar. عن ابن جريج عن النبي  صلى الله عليه وسلم ـ كان يعجبه دفن الدم، وقال مُهَنَّا: سألت أحمد ابن حنبل عن الرجل يأخذ من شعره وأظفاره أيدفنه أم يُلقيه؟ قال: يدفنه. قلت: بَلَغَكَ فيه شيء؟ قال: كان ابن عمر يفعله Ibn Jurayj rahmatullohi alayh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qonlarni ko‘mib qo‘yish xursand qilar edi” degan. Muhanna aytadi: “Men Ahmad ibn Hanbaldan, kishi soch va tirnoqlaridan olinganini ko‘mib qo‘yadimi yoki tashlab yuboradimi – deb so‘radim. Imom Ahmad “Uni ko‘mib qo‘yadi” dedi. Bu borada sizga biror narsa(hadis yoki oyat yoki sahobalarning odati) etib kelganmi? degan edim, “Ibn Umar shunday qilar edi” dedilar”. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar