Avariyadagi zararni qoplash
Assalomu alaykum! Kecha mashinamda halokatga uchradim. Mashina kelib urildi. Hamma ayb unda edi. Usta kelib 2000$ga to‘g‘rilab berishini aytdi va aybdor menga pulni berdi. Hammasini hisoblab chiqsam bergan pulidan 6mln ortib qolarkan. Shu pulni yangi mashina olganda qo‘shib olsam menga halol bo‘ladimi? Chunki mashinamni sotayotganimda halokatga uchraganini aytaman. Shu sababli narxi tushadi. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zararni qoplaydigan darajadagisini olishingiz halol. Ortig‘ini qaytarib bering. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom