Domla begona ayolga dam solsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im begona ayollarga ikkisi xonada holi qolgan holda dam soladilar. Men biror mahrami bilan kelsin desam meni rashkchiligimga yo‘yadilar. Endi shu dam solganlariga besh o‘n ming tashlab ketishadi. Shu pulni bolalarimiz bilan eyishimiz bizga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xoli qolish joiz emas. Siz birga turing. Eringiz dam solishni bilarkanu, ammo shariat buyrug‘ini bilmas ekan. Hadisda quyidagicha keladi: ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يخلون بامرأة ليس معها ذو محرم منها، فإن ثالثهما الشيطان “Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa, begona ayol bilan uning mahramlarisiz holi qolmasin. Chunki ularning  uchinchisi shayton bo‘ladi” deganlar. 
Imom Ahmad rivoyati.  Dam solganiga bergan pullari halol. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:22 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar