Ish haqqini foiz xisobiga oshishi

Assalomu alaykum! Men sport maktabida faoliyat yuritaman. Mexnatimiz xosili sportchilarning erishgan yutuqlari xisobiga ish xaqqimizga foiz xisobidan qo‘shiladi va shuni xisobiga oyligimiz oshadi. Shu xolat sudxo‘rlikka kiradimi? Xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu narsa sportingizni turi va yutuqlar nima evaziga bo‘lishiga bog‘liq. Agar shariat man qilgan sport turi bo‘lsa hamda musoboqalar qatnashuvchilarning tikkan pullari evaziga o‘tkazilsa va yutuq ham o‘shalardan olinsa joiz emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 132 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar