Namozga er ruxsat bermasa

Assalomu alaykum! Qaynonam o‘tgan yilidan ro‘za tutib 5 maxal namoz o‘qib boshladila. Keyinchalik qaynotam ruxsat bermabtilar yig‘ishtir dedi deb xozir faqat bomdod o‘qiydilar. Shu yilgi ro‘zada xam ro‘za tutib 5 maxal namoz o‘qidilar. Ro‘za tugaguncha zo‘rg‘a sabr qildida, ro‘za tugagandan yana qo‘ymadi yig‘ishtir dedi deb xozir faqat bomdod o‘qiyaptilar yana. Erim ruxsat bermagani uchun o‘qimayapman dedilar. Nimaga endi namozga keganda erim ruxsat bermayapti shunga o‘qimayapman deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zini ham erini ham do‘zaxga etaklash uchun. Bunda shak-shubha yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 215 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar