Bomdod namozining oxirgi daqiqalarida uyg‘onish

Assalomu alaykum! Bomdod namozi vaqti tugashiga juda kam vaqt (masalan, 5 daqiqa) qolganda uyg‘ondim. Tezda toharot olib namoz o‘qishni boshlayverishim kerakmi yoki quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilishini kutishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tez chopib tahorat qilib farzini o‘qing. Ungacha quyosh chiqmasa farzi ado bo‘ladi. agar quyosh chiqib ketsa qazosini o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar